Jasim al-Jaf, Mosulga qaytgan tinch aholi sonida ortish kuzatilganligini qayd etdi

Iroq Migratsiya va ko’chgan shaxslar masalalari vaziri Jasim al-Jaf, DEASh terror tashkilotidan qutqarilgan Mosul shahri markaziga qaytgan tinch aholi sonida ortish kuzatilganligini qayd etdi.

781988
Jasim al-Jaf, Mosulga qaytgan tinch aholi sonida ortish kuzatilganligini qayd etdi

Iroq Migratsiya va ko’chgan shaxslar masalalari vaziri Jasim al-Jaf, DEASh terror tashkilotidan qutqarilgan Mosul shahri markaziga qaytgan tinch aholi sonining 253 ming nafarga yetganligini qayd etdi.

Jasim al-Jaf bu haqida bergan bayonotida,

“Mosulni DEASh terror tashkilotidan qutqarish amaliyoti boshlaganidan beri o’z uy-joylariga qaytgan ichki immigrantlar soni 253 ming nafarga yetdi” dedi.

Mosul bosh bo’lish bilan birga mamlakat boylab o’z uy-joylaridan mahrum bo’lgan tinch aholining qaytishi oldidagi to’siqliklarni olib tashlash uchun faoliyat olib borilayotganligini eslatgan Jasim al-Jaf, qutqarilgan mintaqalarning qayta tiklanishi va u yerlarga asosiy xizmatlarning olib borilishi uchun tayyorgarlik ko’rganliklarini ham ta’kidladi.

Iroq Migratsiya va ko’chgan shaxslar masalalari vaziri Jasim al-Jaf 30-iyun kuni bergan bayonotida, Mosulni DEASh terror tashkilotidan qutqarish amaliyoti chog’ida 900 ming tinch aholining o’z uy-joylarini tark etganligini ma’lum qilgan edi.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy qariyb 9 oy davom etgan harbiy amaliyot natijasida 10-iyul kuni Mosulning DEASh terror tashkilotidan qutqarilganligini e’lon qilgan edi.



Aloqador xabarlar