TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2143909
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriya shimolidagi Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan mintaqada PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 5, Iroq shimolidagi Gara va Panja - kalit amaliyoti olib borilgan hududda aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotda:

“Terrorga va terrorchiga hech qayerda, hech qanday yo‘l qo‘yilmaydi. Qahramon Turk Qurolli kuchlarimiz Suriya shimolidagi Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan mintaqada PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 5 terrorchini; Iroq shimolidagi Gara va Panja - kalit amaliyoti olib borilgan hududda aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorchini ta’sirsiz holga keltirdi”, - degan ifodalarga o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar