Turkiya prezidenti iyul oyida to‘rt davlatga tashrif buyuradi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an iyul oyida Qozog‘iston, Ozarbayjon, AQSH va Shimoliy Kiprga borishni rejalashtirmoqda.

2154753
Turkiya prezidenti iyul oyida to‘rt davlatga tashrif buyuradi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an iyul oyida Qozog‘iston, Ozarbayjon, AQSH va Shimoliy Kiprga borishni rejalashtirmoqda.

Mazkur xorijiy tashriflarning birinchi manzili 3-4 iyul kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadigan Ostona bo‘ladi.

Turkiya yetakchisi Ozarbayjonga tashrifi doirasida Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy sammiti ishtirokchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

9-11 iyul kunlari NATO sammiti bo‘lib o‘tadigan AQSHda u Prezident Jo Bayden bilan ham muloqot qiladi.

Va nihoyat, 20 iyul kuni Erdo'g‘an Turk Qurolli kuchlarining Kiprdagi tinchlikni saqlash amaliyoti 50 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkaziladigan Lefkosa shahriga borishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar