Aya-Sofiya masjidining elektron nusxasi yaratildi

Endi inshoot zilzila natijasida vayron bo‘lgan taqdirda ham mazkur jahon merosi ob’ektini qayta tiklash imkoni paydo bo‘ldi.

2154602
Aya-Sofiya masjidining elektron nusxasi yaratildi

 

Turkiya mashhur Aya-Sofiya masjidining elektron nusxasini yaratdi. Endi inshoot zilzila natijasida vayron bo‘lgan taqdirda ham mazkur jahon merosi ob’ektini qayta tiklash imkoni paydo bo‘ldi.

Mazkur tashabbus Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Jamg‘armalar bosh boshqarmasi tomonidan ilgari surilgan.

Ikki yil davomida mutaxassislar masjidning, deyarli, har kvadrat santimetrini skanerdan o‘tkazib, qurilishi milodiy 537 yil yakunlangan majmuaning “elektron klonini” shakllantirdi.

Loyiha Istanbulning tarixiy ramzlaridan biri haqidagi barcha ma’lumotlarni saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetkazishni nazarda tutadi.

"Aya-Sofiya 500 yildan keyin ham bugungidek qolishini istaymiz", – dedi jurnalistlarga boshqarma vakili Shengul Konjagul. 

Yig‘ilgan ma’lumot tufayli tabiiy ofatdan jiddiy zarar ko‘rilgan taqdirda ham binoning me’moriy qiyofasini tiklash mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Ayasofiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar