Fidan inson haqlaridan saboq berganlarning G‘azodagi jinoyatga sherik bo‘lishlarini qoraladi

Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan Pokistonga borar ekan, u yerda, Bosh vazir oʻrinbosari - Tashqi Ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar bilan uchrashdi.

2141697
Fidan inson haqlaridan saboq berganlarning G‘azodagi jinoyatga sherik bo‘lishlarini qoraladi

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan Pokistonga borar ekan, u yerda, Bosh vazir oʻrinbosari - Tashqi Ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va V Pokiston - Turkiya Oliy Darajali Strategik hamkorlik kengashiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Fidan keyinroq Pokiston Tashqi Ishlar vaziri bilan uyushtirilgan qo‘shma matbuot anjumanida:

Turkiya bilan Pokiston, Islom olamining ovozini eshittira olish uchun hamkorlikni davom ettirishini bildirdi.

Pokiston, Turkiyaning strategik sherigi ekanini ifoda etgan Fidan:

“O‘rtamizdagi birodarlik rishtalarini ro‘yobga chiqarish uchun yana bir oz ilgari qadam tashlashimiz kerak. Xususan, savdo hajmini 5 milliard dollarga chiqarish uchun umumiy maqsadlarimizni belgilab oldik. Hamkorligimizni, ayniqsa mudofaa sanoatidagi sarmoyalar bilan keng ko‘lamli sohalarda rivojlantirish haqida qaror qabul qildik”, -  dedi.

Fidan o‘z so‘zini quyidagicha davom ettirdi:

“Mintaqaviy muammolarni ham muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldik. G‘azo va Afg‘oniston muammolarini batafsil muhokama qildik. Afg‘onistonlik birodarlarimiz uchun doimiy tinchlikni ta’minlash uchun nima qilishimiz mumkinligini qo‘lga oldik. G‘azodagi insoniy jinoyatlarga qarshi bizning pozitsiyamiz Pokiston bilan bir xildir. Boshqalariga har doim inson haqlari va demokratiyadan saboq berganlarning (Isroilning G‘azoda qo‘l urgan), bu jinoyatga sherik bo‘lishlarini qoralaymiz”.

Hakan Fidan, shuningdek, vertolyot halokatida hayotdan ko‘z yumgan Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy va Tashqi Ishlar vaziri Husayin Amir Abdullohiyon uchun hamdardlik bildirdi.

Hakan Fidan bu borada:

“Halokat haqidagi xabarni olganimizdan beri Eron rasmiylari bilan aloqadamiz. Bor imkoniyatlarimizni safarbar qilishga harakat qildik. Barcha tashkilotlarimiz qo‘lidan kelganini qildi. Lekin afsuski, olgan xabar bizni qayg‘uga soldi. Eron xalqiga hamdardlik bildiraman. Halokatda halok bo‘lganlarga va ularning oilalariga sabr tilayman”, - deya gapirdi.

Tashqi Ishlar vaziri Fidan poytaxt Islomobodda Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif tomonidan qabul qilingandan so‘ng, Senat Raisi Yusuf Rizo Giloniy bilan ham uchrashdi.

 



Aloqador xabarlar