Turkiya Isroilni ayblagan da’vo arizasini qoʻllab – quvvatlamoqchi
Hakan Fidan poytaxt Anqarada Indoneziya Tashqi Ishlar vaziri Retno Marsudiy bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan:
“Turkiya sifatida Janubiy Afrika tomonidan Isroilga qarshi Xalqaro sudda ochilgan (genotsid bo‘yicha) ishni qo‘llab – quvvatlash haqida qaror qabul qildik”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.
Hakan Fidan poytaxt Anqarada Indoneziya Tashqi Ishlar vaziri Retno Marsudiy bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.
“Janubiy Afrika tomonidan Isroilga qarshi Xalqaro sudda ochilgan (genotsid bo‘yicha) ishni qo‘llab – quvvatlash haqida qaror qabul qildik”. – degan ifodalarga o‘rin bergan Fidan:
“Bugungi baholashlarimiz natijalarini muhtaram prezidentimizga (Rejep Tayyip Erdo‘g‘an) taqdim etdik va qabul qilingan siyosiy qarorga ko‘ra u haqida ilk borada mana shu yerda ma’lumot bo‘lishmoqchiman. Turkiya sifatida Janubiy Afrika tomonidan Isroilga qarshi Xalqaro sudda ochilgan ishni qo‘llab – quvvatlash haqida qaror qabul qildik”. – dedi.
Bu qadam orqali Xalqaro adolat sudi oldidagi jarayonning to‘g‘ri yo‘nalishda davom etishidan umidvor ekanini ifoda etgan Hakan Fidan:
“Ta’kidlaganimdek, bu boradagi ishimiz anchadan buyon davom etmoqda. Bu siyosiy qaror prezidentimiz tomonidan qabul qilinar ekan, uni butun dunyoga e’lon qilib, keyin esa huquqiy jarayonni yakunlaymiz.
Barcha do‘st va ittifoqchi davlatlar bilan bu masalada yana nimalar qilinishi mumkinligi va qaysi davlatlar murojaat qila olishi ustidan faoliyatimizni davom etamiz. Huquqiy matn tamomlangach, qabul qilingan siyosiy qarorni kuchga kirishi uchun Xalqaro sudga rasmiy ravishda murojaat qilamiz. Turkiya sifatida bu borada Falastin xalqining yonida bo‘lishni davom etamiz”, - deya gapirdi.