Turkiya bilan Ruminiya savdo hajmini 15 milliard dollarga chiqarishni rejalashtirmoqda

Prezident Erdoʻgʻan rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqaraga kelgan Ruminiya Bosh vaziri Cholaku bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

2142756
Turkiya bilan Ruminiya savdo hajmini 15 milliard dollarga chiqarishni rejalashtirmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Ruminiyada yashayotgan turk va turk - tatar jamiyatlarini ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik koʻprigi sifatida qabul qilishini qayd etdi.

Prezident Erdoʻgʻan rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqaraga kelgan Ruminiya Bosh vaziri Cholaku bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Erdoʻgʻan unda Ruminiya bilan oʻzaro savdo hajmining ikki yil ketma - ket 10 milliard dollardan oshgani va bu raqamning 15 milliard dollarga yetishi rejalashtirilayotganini ifoda etdi.

Ruminiya bilan ham oʻzaro ham da NATO tarkibida mushtarak faoliyat yuritish orqali mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga hissa qoʻshayotganliklariga e’tibor qaratgan Erdoʻgʻan: “PKK va FETO kabi terror tashkilotlariga qarshi kurashda Ruminiyadan nimalar kutishimizni Hurmatli Bosh vazirga yetkazdik”, - dedi.

Ruminiyada yashayotgan turk va turk - tatar jamiyatlarini ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik koʻprigi sifatida qabul qilishini qayd etgan Erdoʻgʻan:

“Qondoshlarimizning Ruminiya jamiyati bilan hamjihatlikda yashayotganidan mamnunmiz. Bunga imkon yaratgan Ruminiya hukumatiga minnatdorchilik bildiramiz. Fursatdan foydalanib, Ruminiya fuqarolarining yurtimizga faqatgina ID karta orqali sayohat qila olish imkonini beruvchi tartibni yoʻlga qoʻyganimiz haqidagi xabarni boʻlishmoqchiman. Bu orqali munosabatlarimiz yana – da mustahkam tus olishiga ishonchim komil”, - deya gapirdi.

Ruminiya Bosh vaziri Marsel Cholaku esa matbuot anjumanida soʻzlagan nutqida, “Turkiya Yevropa ittifoqi tashqarisidagi eng asosiy iqtisodiy hamkorimiz, NATO tarkibidagi eng muhim ittifoqchilarimizdan biridir. Strategik jihatdan mintaqaviy hamkor, yaxshi qoʻshni va doʻst ekanini aytishim mumkin”, - dedi.

Shu bilan birga Erdoʻgʻan bilan Bosh vazir Cholaku, matbuot anjumani oldidan boʻlib oʻtgan oʻzaro uchrashuv ortidan Ruminiya Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi.

Shundan soʻng Prezident Erdoʻgʻan bilan Ruminiya Bosh vaziri Cholaku ishtirokida, ikki davlat oʻrtasida 6 ta shartnoma imzolandi.

 



Aloqador xabarlar