Hakan Fidan Gʻazo masalasida Turk dunyosi munosabatiga e’tibor qaratdi

Hakan Fidan poytaxt Anqarada Turkiy Davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPa) tarkibidagi davlatlarning Mudofaa komissiyasi rahbarlarining ochilish marosimida nutq soʻzladi.

2142849
Hakan Fidan Gʻazo masalasida Turk dunyosi munosabatiga e’tibor qaratdi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Isroilning Falastinga qarshi uyushtirgan hujumlari oldida Turk dunyosining mushtarak munosabatda boʻlishining ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Hakan Fidan poytaxt Anqarada Turkiy Davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPa) tarkibidagi davlatlarning Mudofaa komissiyasi rahbarlarining ochilish marosimida nutq soʻzladi.

Falastinni qoʻllab - quvvatlashga e’tibor qaratgan Fidan, Gʻazoda oʻn minglab inson hayotdan koʻz yumgani, ularning koʻpchiligi ayollar va yosh bolalardan iborat ekanini qayd etdi. Shuningdek, bunga yoʻl ochgan Isroil zulmini butunlay toʻxtatish uchun muammoni ikki davlat asosida hal qilinishi kerakligini ta’kidladi.  

Hakan Fidan bu borada:

“Bu muhitda Turk dunyosining bir yoqadan bosh bir yengdan qoʻl chiqarib, xalqaro hamjamiyat bilan bir xil munosabatda boʻlishi Turk dunyosining ahloqiy kuch sifatida ham boshqalardan ajralib turishiga imkon beradi. Bu esa toʻqnashuvning yoyilishi va ijtimoiy keskinlashuv xavfini bartaraf etishga salmoqli hissa qoʻshadi. Turk dunyosidagi qardoshlarimizning hammasini Gʻazodagi vahshiylikka bemalol e’tiroz bildirib, zulmni bartaraf qilish uchun yana – da keng va konkret qadamlar tashlashga chaqiraman”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar