Hakan Fidan G‘azo sektori bo‘yicha Ar-Riyoddagi yig'ilishda ishtirok etdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan G‘azo sektori bo‘yicha aloqa guruhining Ar-Riyoddagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonida bo'ldi.

2133011
Hakan Fidan G‘azo sektori bo‘yicha Ar-Riyoddagi yig'ilishda ishtirok etdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan G‘azo sektori bo‘yicha aloqa guruhining Ar-Riyoddagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonida bo'ldi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Hakan Fidan tashrif chog'ida Falastin Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Muhammed Mustafo bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat davomida G'azo va G'arbiy Sohildagi so'nggi vaziyat muhokama qilinib, Falastin davlatini ko'plab davlatlar tomonidan tan olinishiga qaratilgan sa'y-harakatlarga nazar tashlandi.

Shu bilan birga, Hakan Fidan Ar-Riyodda Iordaniya Bosh vazir o'rinbosari, Tashqi ishlar vaziri va xorijdagi iordaniyaliklar vaziri Ayman al-Safedi bilan uchrashib, G'azodagi qirg'inni to'xtatish uchun Isroilga bosimni kuchaytiradigan qadamlar va Falastin davlatini ko'proq davlat tomonidan tan olinishi uchun olib boriladigan tashabbuslarni muhokama qildi.

Shuningdek, Norvegiya Tashqi ishlar vaziri Espen Barth Eide bilan uchrashgan Hakan Fidan, xalqaro hamjamiyat va xalqaro jamoatchilikda Isroilga nisbatan keskin munosabatning ortib borayotganiga diqqat qaratdi.

Uchrashuvda, Falastin davlatini ko'plab davlatlar tomonidan tan olinishi uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar muhokama qilindi.

Turkiya va Norvegiyaning NATO doirasidagi hamkorlik masalalari ham ko'zdan kechirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar