Turkiya Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi da’vosiga qo‘shilmoqchi

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

2139504
Turkiya Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi da’vosiga qo‘shilmoqchi

 

Anqara Xalqaro sudga Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi da’vosiga qo‘shilish so‘rovini topshirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Anqaraga tashrif buyurgan Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

"Isroilning bundan buyon bunday ta’qiblarga yo‘l qo‘ymasligi uchun qanday diplomatik choralar ko‘rish kerakligini aniqlash uchun xalqaro qonun doirasidagi huquqlarimiz bilan ishlay boshladik. Biz Janubiy Afrikaning tashabbusi bilan xalqaro sud jarayonini diqqat bilan kuzatdik, shuning uchun biz da’voda ishtirok etish xususida taklif yubordik. Bizdan keyin boshqa davlatlar ham shunday qilishini kutamiz", dedi Hakan Fidan.

Vazir bu sudga rasmiy murojaatmi yoki niyat deklarasiyasimi, aniqlik kiritmadi.

Fidanning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya, Liviya va Misrdan so'ng Xalqaro Suddagi jarayonlarda ishtirok etish niyatlarini e’lon qildi.

"Xalqaro hamjamiyat Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hukumatiga bosimni kuchaytirishi kerak. Netanyaxu butun dunyo uchun xavfsizlik muammosiga aylandi", deb qo‘shimcha qildi vazir.

Fidanning ta’kidlashicha, u ba’zi Yevropa davlatlarining, xususan, Avstriya va Germaniyaning G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar va HAMAS harakatlariga nisbatan hozirgi pozisiyasini tushunadi.

"Bu pozisiya Ikkinchi jahon urushidan keyin, yahudiylar qirib tashlanganidan keyin shakllangan. Lekin, konslagerlarda begunoh yahudiylarni o‘ldirish noto‘g‘ri bo‘lgani kabi, bugungi kunda begunoh falastinlik bolalarni yotoqlarida bombalar bilan o‘ldirish ham noto‘g‘ri. Isroil bosqinchi Falastin hududlarini bosib olishni boshladi va xalqaro hamjamiyat bu borada hech narsa qila olmadi”, dedi vazir.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri HAMAS haqida gapirar ekan, "bu terrorchi tashkilot emas", balki Falastin yerlarining ishg‘ol qilinishiga qarshilik ko‘rsatayotgan guruh ekanini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar