Hakan Fidan Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumini «genotsid» deb baholadi

Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqaraga kelgan Avstriya Tashqi Ishlar vaziri Aleksandr Schallenberg bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

2139589
Hakan Fidan Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumini «genotsid» deb baholadi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Isroil minglab begunoh falastinlikni muntazam ravishda o‘ldirayotgani va millionlab insonni o‘z uy – joyidan mahrum qilayotganini ifoda etib, bu holatni “genotsit” deb baholadi.

Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqaraga kelgan Avstriya Tashqi Ishlar vaziri Aleksandr Schallenberg bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Isroil Falastin yerlarini bosib olganini ta’kidlagan Hakan Fidan:

“Isroil bosqinchi davlatdir. Bu yerdagi urush o‘z - o‘zidan paydo bo‘lgan urush emasdir. Ishg‘ol bor va bu ishg‘ol hech to‘xtamayapdi. Xalqaro hamjamiyat bosim o‘tkazmadi, to‘xtatmadi, hech narsa qila olmadi”. – deya gapirdi.

O‘tgan yilning 7 – oktabridan beri Xamasning Isroilga qarshi uyushtirgan hujumida tinch aholi o‘ldirilganini qoralagan Fidan:

“Bu bizning munosabatimiz lekin shunga qaramay, Isroilning keyinchalik minglab begunoh falastinlikni faqatgina bir kun emas, balki 7 oy davomida muntazam ravishda oldirishi, insoniyatga qarshi jinoyatdir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tashqi Ishlar vaziri,

“Bosqinga qarshi kurashayotgan, o‘z yurtini himoya qilgan, qarshilik ko‘rsatish harakatini terror tashkiloti sifatida qo‘lga olish imkonsiz. Xamas qarshilik ko‘rsatish harakatdir, terror tashkiloti emasdir”. – deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar