Turkiya Somali hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

"Somalining xavfsizligini ta'minlayotgan harbiy xizmatchilarning hayotdan ko'z yumganligi bizni chuqur qayg'uga soldi. Terakt tufayli Somali, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn xalqiga hamdardlik bildiramiz",- deyiladi bayonotda.

2100846
Turkiya Somali hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Somali poytaxti Mogadishuda bir kun oldin sodir etilgan terror hujumida ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumganligi munosabati bilan mamlakat hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

"Somalining xavfsizligini ta'minlayotgan harbiy xizmatchilarning hayotdan ko'z yumganligi bizni chuqur qayg'uga soldi. Terakt tufayli Somali, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn xalqiga hamdardlik bildiramiz",- deyiladi bayonotda.

Bayonotda, shuningdek, “Turkiya Somalining xavfsizligi, barqarorligi va farovonligini qo’llab-quvvatlaydi" degan ifodalarga o'rin berilgan.

Qayd etilishicha, Mogadishudagi "Gordan" harbiy bazasida navbatchi bo‘lgan somalilik askarlarga hujum sodiretilgan. Hujumda BAAning yuqori martabali harbiylari va ko‘plab insonlar halok bo‘lgan. Yaradorlarning ham borligi ma'lum qilingan.

Hujum uchun javobgarlikni "Ash-Shabab" terror tashkiloti o'z zimmasiga oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Somali , #Turkiya

Aloqador xabarlar