Prezident Erdoʻgʻan: Dunyo tezlik bilan Isroil qatliomlarining oldini olishga majbur

Erdoʻgʻan, Qurbon hayiti munosabati bilan oʻzi raislik qilgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) tashkilotiga videokonferensiya tizimi orqali murojaat qildi.

2153781
Prezident Erdoʻgʻan: Dunyo tezlik bilan Isroil qatliomlarining oldini olishga majbur

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning qayd etishicha, dunyo tezlik bilan Isroil qatliomlarining oldini olishga majbur.

Erdoʻgʻan, Qurbon hayiti munosabati bilan oʻzi raislik qilgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) tashkilotiga videokonferensiya tizimi orqali murojaat qildi.

Qurbon hayiti ishgʻol ostidagi Falastin tuproqlarida insoniyatni sharmanda qiluvchi qatliom qayd etilayotgan bir davrda idrok etilganiga e’tibor qaratgan Erdoʻgʻan: «Qatliomchi Isroil yetakchiligi tomonidan shahid qilingan 38 ming nafar birodarimizning azob - uqubati xalq va ummat sifatida hammamizni tashvishga solmoqda. Faqatgina musulmon ekanligimiz uchun emas ayni vaqtda inson boʻlganimiz uchun ham sinovli kunlardan oʻtyapmiz. Shunday ekan Gʻazodagi qatliomga e’tiroz qilish, faqatgina birodarlik emas ayni vaqtda insonlik burchimizdir», - deya gapirdi.

Prezident Erdoʻgʻan, «Dunyo Isroil qonxoʻrligiga qarshi chora koʻrishi va tezlik bilan qatliomlarning oldini olishga majbur. Chunki har kuni qatliomlarning yangilariga guvoh boʻlyapmiz. Siyosiy umrini uzaytirish uchun oʻz yurtdoshlari doxil butun mintaqaga oʻt qoʻygan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yetakchiligini toʻxtatish shart ekanini har fursatda ta’kidlab kelyapmiz», - dedi.

Turkiya sifatida mintaqada butunlay tinchlik oʻrnatish va qatliom aybdorlari qilganlariga javob berishlari uchun barcha imkonlarni safarbar qilganliklarini bildirdi.

Prezident Erdoʻgʻan, Falastin davlatini tan olgan davlatlar sonini yanada koʻpaytirishga harakat qilganliklarini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar