Erdo‘g‘an bilan Pashinyan o‘zaro gaplashib oldilar

Prezident Erdo‘g‘an bilan Nikol Pashinyan, telefon orqali muloqot qildi.

2154048
Erdo‘g‘an bilan Pashinyan o‘zaro gaplashib oldilar

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Unda Bosh vazir Pashinyan, Prezident Erdo‘g‘anni Qurbon hayiti bilan tabrikladi.

Prezident Erdo‘g‘an esa Bosh vazir Pashinyanni yaqinlashib kelayotgan Vardavar bayrami munosabati bilan muborak bot etdi.

Erdo‘g‘an, yaqin kunlarda Armanistonning shimoliy hududlarida sodir bo‘lgan sel falokatida hayotdan ko‘z yumganlar uchun ham Pashinyanga hamdardlik bildirdi.

Muloqot chog‘ida ikkala lider Turkiya bilan Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni hech qanday shartsiz to‘liq normallashtirish uchun siyosiy irodalarini ta’kidladilar.

Ikki davlatning maxsus vakillari o‘rtasida olib borilgan muzokaralarning davom etishi qanchalik muhim ekaniga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an bilan Pashinyan, hozirgacha kelishilgan masalalarni tasdiqladi.

Liderlar, shuningdek, Turkiya bilan Armanistonning oliy darajali shaxslari oʻrtasida davom etayotgan muloqotni mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muloqot yakunida mintaqadagi oxirgi vaziyatlar bilan xalqaro kun tartibini muhokama qildilar.

 

 



Aloqador xabarlar