Hakan Fidan Malta Respublikasiga tashrif buyurdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Malta prezidenti Jorj Vella va bosh vazir Robert Abela tomonidan qabul qilinadi.

2098052
Hakan Fidan Malta Respublikasiga tashrif buyurdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Malta Respublikasiga tashrif buyurdi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotga ko’ra, Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha Turkiya vaqti bilan soat 20:30 da Malta poytaxti Vallettaga yetib bordi.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun bo'lib o'tadi.

Hakan Fidan bugun Malta Tashqi ishlar, Yevropa va savdo vaziri Ian Borg bilan uchrashadi.

U shuningdek, Malta prezidenti Jorj Vella va bosh vazir Robert Abela tomonidan ham qabul qilinadi.

Bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda ikki davlat o'rtasidagi aloqalar va Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Malta , #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar