Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Bolgariyaga tashrif buyurdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Bolgariya Prezidenti Rumen Radev va Bosh vazir Nikolay Denkov tomonidan qabul qilinadi.

2094941
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Bolgariyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Albaniyaga tashrifini yakunlab, Bolgariyaga jo'nab ketdi.

Hakan Fidan dastlab poytaxt Sofiyada Haq va Erkinlik Harakati partiyasi raisi lavozimini topshirish arafasida turgan Mustafo Karadayi bilan uchrashdi. Shuningdek, partiyaga yangi nomzodlar Jevdet Chakirov va Delyan Peevski bilan ham uchrashuv amalga oshirdi.

Hakan Fidan tashrif doirasida mamlakat Bosh vazir o'rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Mariya Gabriel bilan uchrashadi.

Bolgariya Prezidenti Rumen Radev va Bosh vazir Nikolay Denkov tomonidan qabul qilinadi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Bolgariyaga tashrifini yakunlab, chorshanba kuni rasmiy tashrif bilan Ruminiyaga safar qiladi.

Tashriflar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar bilan bir qatorda dolzarb mintaqaviy va global o‘zgarishlar ham muhokama qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bolgariya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar