AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Anqarada bo‘lgan AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nulandni qabul qildi.

2094403

Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Viktoriya Nuland Turkiyaga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Burak Akchapar taklifi bilan kelgan.

Har tomonlama maslahatlashuvlar chog‘ida mintaqaviy va xalqaro muammolar, shuningdek, Turkiya-Amerika munosabatlari yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Viktoriya Nuland

Aloqador xabarlar