Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Albaniyaga tashrif buyurdi

Xavfsizlik manbalariga ko‘ra, Hakan Fidan yakshanba oqshomida turk ishbilarmonlari bilan uchrashdi, bugun esa Albaniya Tashqi ishlar vaziri Igli Hasaniy bilan uchrashadi.

2094384
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Albaniyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha, oqshom Albaniyaga tashrif buyurdi.

Xavfsizlik manbalariga ko‘ra, Hakan Fidan yakshanba oqshomida turk ishbilarmonlari bilan uchrashdi, bugun esa Albaniya Tashqi ishlar vaziri Igli Hasaniy bilan uchrashadi.

TIV rahbari shuningdek, poytaxt Tiranada mamlakat Bosh vaziri Edi Rama bilan ham uchrashadi.

Tashqi ishlar vaziri seshanba kuni Bolgariyaga, chorshanba kuni esa Ruminiyaga tashrif buyuradi.

Vazir Hakan Fidanning uch davlatga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek dolzarb mintaqaviy va global muammolar muhokama qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar