Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan AQShga jo'nab ketdi

Hakan Fidan ertaga, 23-yanvar kuni Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Falastin masalasiga bag'ishlangan yig'ilishida ishtirok etadi.

2091532
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan AQShga jo'nab ketdi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bugun Amerika Qo'shma Shtatlariga jo'nab ketdi.

Bu haqda tashqi ishlar vazirligimatbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Hakan Fidan ertaga, 23-yanvar kuni Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Falastin masalasiga bag'ishlangan yig'ilishida ishtirok etadi.

Ma'lumotga ko'ra, Tashqi ishlar vaziri tashrif munosabati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar