Turkiya hukumati Pokiston va Eronni o'zaro murosaga chaqirdi

Rasmiy Anqara tomonlarni muloqotga chaqirib, Turkiya o‘z tajribasini baham ko‘rishga va o‘zaro kelishuv jarayoniga hissa qo‘shishga tayyorligini ma’lum qilgan.

2090538
Turkiya hukumati Pokiston va Eronni o'zaro murosaga chaqirdi

 

Rasmiy Anqara Pokiston va Eron o‘rtasida vositachilik qilishni taklif qildi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Unda Turkiya Tehron va Islomobod o‘rtasidagi keskinlikdan xavotirda ekani qayd etilgan.

“Biz bu muammoni BMT tamoyillari asosida, mamlakatlar hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilish asosida hal etish muhim deb hisoblaymiz. Turkiya mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka ko‘proq tahdid solmasdan, masalani muloqot va hamkorlik asosida hal qilishni istaydi”, deyiladi bayonotda.

Rasmiy Anqara tomonlarni muloqotga chaqirib, Turkiya o‘z tajribasini baham ko‘rishga va o‘zaro kelishuv jarayoniga hissa qo‘shishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan eronlik mavqedoshi Husayn Amir Abdullohiyon va Pokiston Tashqi ishlar vaziri Jalil Abbos Jiloniy bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Hakan Fidan bugun Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman Safadi bilan Ummonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zlagan nutqida Anqara 2 kundan beri tomonlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni xavotir bilan kuzatayotganini aytgan.

“Hamkasblarim menga urushdan manfaatdor emasliklarini aytishdi. Shunday deb umid qilaman va barqarorlik uchun o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz”, degan vazir.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar