Erdo'g'an turk kosmonavt Alper Gezeravjiga muvaffaqiyatlar tiladi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Xalqaro kosmik stansiyaga parvoz qiladigan birinchi turk kosmonavti Alper Gezeravji bilan videokonferensiya orqali uchrashdi.

2089672
Erdo'g'an turk kosmonavt Alper Gezeravjiga muvaffaqiyatlar tiladi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Xalqaro kosmik stansiyaga parvoz qiladigan birinchi turk kosmonavti Alper Gezeravji bilan videokonferensiya orqali uchrashdi.

"Siz kosmik missiyani bajargan birinchi fuqaromiz bo'lasiz. Siz xalqimizni chinakamiga g'ururlantirasiz. Parvozga tayyormisiz?",-dedi Erdo'g'an uchrashuv chog'ida.

Turkiyaning birinchi kosmonavti Alper Gezeravji Erdo'g'anga minnatdorlik bildirib, bor kuchi bilan bu vazifani bajarishga tayyor ekanligini aytdi.

"Bu missiya farzandlarimiz va yoshlarimiz uchun nafaqat ilmiy tajriba, balki ilhom manbai boʻlishi jihatidan juda ahamiyatlidir. Umid qilamizki, bu parvoz yangi boshlanish boʻladi. Biz bu missiyani davom ettiramiz. Har doim maqsadimizni yuqoriga koʻtaramiz. Shaxsan sizga va xizmatdoshlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman. Umid qilamanki, bu vazifani eson-omon ado etasizlar. Alloh o'z panohida asrasin! Yo'lingiz bexatar bo'lsin!",-deb qo'shimcha qiladi Turkiya prezidenti.

Kosmonavt Alper Gezeravji ham Prezidentga iliq so'zlari uchun minnatdorlik bildirib, "Kelajak avlodlarimiz uchun orzularimizni cheklab qo'ygan bu pardani ochishda xizmat qilganingiz uchun sizdan minnatdormiz. Katta rahmat" dedi. 

Parvozga tayyorgarlik munosabati bilan karantinada bo'lgan Gezeravji 17-yanvardan 18-yanvarga o'tar kechasi, soat 01:11da Xalqaro kosmik stansiyaga parvoz qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an , #Alper Gezeravji

Aloqador xabarlar