Turkiya G'azoda og'ir yaralangan 85 kishini mamlakatga olib keldi

Isroil hujumlari ostida G'azo sektoridan evakuatsiya qilingan 85 nafar yarador va ularning hamrohlari harbiy samolyotlar bilan poytaxt Anqaraga olib kelindi.

2087761

Bu haqda Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja ijtimoiy tarmoq orqali ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, G'azodan 85 nafar yarador va ularga hamrohlik qilgan 106 kishi evakuatsiya samolyotida Turkiyaga bilan olib kelingan.

Bemorlar turli kasalxonalarga joylashtirilgan. 

"Ushbu insoniy mas'uliyatimizni millatimiz nomidan amalga oshiramiz. Sog'liqni saqlash tizimi qulagan G'azo uchun sa'y-harakatlarimiz davom etadi" deb yozadi Sog'liqni saqlash vaziri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Turkiya

Aloqador xabarlar