TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2085801
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Iroq shimolidagi «Panja - kalit» amaliyoti olib borilgan hududda aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Iroq shimolidagi «Panja - kalit» amaliyoti olib borilgan hududda aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi. Qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar PKKga qarshi kurashimiz oxirgi terrorist ham yo‘q qilingunga qadar davom etadi!” – deyildi.

Vazirlik tomonidan bundan oldin berilgan bayonotda esa, Suriya shimolidagi «Firot qalqoni» va «Tinchlik bulog‘i» amaliyoti olib borilgan hududlarda, hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 5 terroristning ta’sirsiz holga keltirilgani ma’lum qilingandi.



Aloqador xabarlar