Erdo‘g‘an: Isroil yetakchilari ertami kech munosib jazoga tortiladi

Prezident Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

2073662
Erdo‘g‘an: Isroil yetakchilari ertami kech munosib jazoga tortiladi

Prezident Rrejep Tayyip Erdo‘g‘an, Isroil yetakchilari ertami kech munosib jazoga tortilishlari va tarix axlatxonasidan joy olishlarini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi 2 oydan beri davom etgan hujumlari, kun tartibida muhim o‘rin tutganini ifoda etgan Erdo‘g‘an:

“Isroil Ikkinchi jahon urushidan beri Falastin geografiyasida qo‘l urgan har bir zulmi uchun javob beradi. Bundan qochib qutula olmaydı. Netanyahu, qayerga qochadi, noma’lum”. – dedi.

 Isroil yetakchilari ertami kech munosib jazoga tortilishlari va tarix axlatxonasidan joy olishlarini ifoda etgan Prezident Erdo‘g‘an, Netanyahu yetakchiligiga bu jasoratni bergan G‘arb davlatlari oqibati ham bundan farqli bo‘lmasligini qayd etdi.

“Agar Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan Yevropa davlatlari Isroilga cheksiz siyosiy, harbiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatmaganida edi, Isroil ham bu darajada beparvolik qilmagan bo‘lardi”. – degan Prezident:

“G‘arb etaklari ostiga yashiringan Isroil yetakchiligi qanchalik zulm qilsa, buning badali ham ana shunchalik og‘ir bo‘ladi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar