Fahrettin Koja:"G'azodan 61 nafar bemor Anqaraga olib kelinadi"

Turkiyada davolanadigan g'azolik bemorlarni evakuatsiya qilish uchun Harbiy havo kuchlariga tegishli A400M samolyoti safarbar qilindi.

2066308
Fahrettin Koja:"G'azodan 61 nafar bemor Anqaraga olib kelinadi"

 

Turkiya sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja G'azodan 61 nafar bemor va ularning yaqinlari Anqaraga olib kelinishini aytdi.

"Al-Arishdagi kasalxonadagi bemorlar ertalab samolyotda Anqaraga olib kelinishi rejalashtirilgan. Gʻazodan kelgan har bir bemorni davolash birodarlarimiz va insoniyatning yaralangan vijdoni oldidagi burchimizdir",-deydi Vazir Koja o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Vazirning ta'kidlashicha, Turkiyada davolanadigan g'azolik bemorlarni evakuatsiya qilish uchun Harbiy havo kuchlariga tegishli A400M samolyoti safarbar qilindi.

"Sog'liqni saqlash vazirligining talabiga binoan, Turkiyada davolanadigan 109 nafar g'azolik birodarimizni evakuatsiya qilish uchun havo kuchlarimizga tegishli A400M samolyoti safarbar etildi. Kayseridan Misrga parvoz qilgan samolyotimizda 10 nafar tibbiyot xodimi ham bor",-deyiladi bayonotda.

O'tgan hafta G'azodan saraton kasalligiga chalingan bir guruh bemor va ularning yaqinlari davolanish uchun Turkiyaga olib kelingandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #G'azo

Aloqador xabarlar