MMV: Terroristlar uchun yagona chiqish yo‘li, turk adolatiga taslim bo‘lishdir

PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist, Haburda xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.

2066080
MMV: Terroristlar uchun yagona chiqish yo‘li, turk adolatiga taslim bo‘lishdir

Iroq shimolidagi boshpanalaridan qochgan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist, Haburda xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda quyidagi ifodalarga o‘rin berildi:

“Panja amaliyotlari orqali inlariga qadar kirib borilgan PKK terror tashkiloti tarkibidan qochishlar davom etmoqda. Iroq shimolidagi boshpana lageridan qochgan 2 nafar PKK  a’zosi, Haburdagi chegara postimizga taslim bo‘ldi. Terroristlar uchun yagona chiqish yo‘li, turk adolatiga taslim bo‘lishdir”.

Vazirlik tomonidan berilgan boshqa bir bayonotda esa Suriya shimolida “Zaytun novdasi” amaliyoti olib borilgan hududda, hujum uyushtirishga tayyorgarlik koʻrayotgani aniqlangan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist, maqsadlariga erisha olmay, taʼsirsiz holga keltirilgani qayd etildi.



Aloqador xabarlar