Turkiya Isroil bilan energiya loyihalarini amalga oshirishni to‘xtatdi

"Bunday sharoitda Isroil bilan loyihalarni amalga oshirish haqida gapirish o‘rinsiz bo‘lardi. Biz gaplashishimiz mumkin bo‘lgan yagona narsa - G‘azoga elektr va suv yetkazib berish", - dedi Turkiya Energetika vaziri Alparslan Bayraktar.

2061815
Turkiya Isroil bilan energiya loyihalarini amalga oshirishni to‘xtatdi

 

Turkiya Energetika vaziri Alparslan Bayraktar Isroil bilan energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Bu haqda vazir OAVga ma’lum qildi.

"Bunday sharoitda Isroil bilan loyihalarni amalga oshirish haqida gapirish o‘rinsiz bo‘lardi. Biz gaplashishimiz mumkin bo‘lgan yagona narsa - G‘azoga elektr va suv yetkazib berish", - dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Energetika vaziri Alparslan Bayraktar noyabr oyida Isroilga safar qilishni rejalashtirgan edi.

Avvalroq, Turkiya savdo vaziri Omer Bolat mamlakat Isroil bilan tovar ayirboshlash hajmini 50 foizdan ko‘proqqa qisqartirganini ma’lum qilgandi.

“7 oktyabrdan buyon Isroil bilan o‘zaro savdomiz o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa qisqardi”, dedi Alparslan Bayraktar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sotuvchilarning ham, iste’molchilarning ham tegishli talablari bilan bog‘liq.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar