Turkiya prezidenti Erdo'g’an ertaga O’zbekistonga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an 8-9 noyabr kunlari O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi.

2061642
Turkiya prezidenti Erdo'g’an ertaga O’zbekistonga tashrif buyuradi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an ertaga O’zbekistonga tashrif buyuradi.

Prezident Erdo'g’an 8-9 noyabr kunlari O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi.

Bu yilgi sammit ikki kun davom etadi.

Erdo'g'an sammit doirasida ishtirokchi davlat rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o'tkazadi.

Sammitda muhokama qilinadigan mavzular qatorida Isroilning Falastinga tinimsiz hujumlarini to’xtatish va Falastinga eng qisqa vaqt ichida insonparvarlik yordamlarini yetkazish masalasi o'ribolgan.

Bundan tashqari, sammitda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida savdo, iqtisodiyot va madaniy hamkorlikni rivojlantirish yo'lida qadam tashlanadi.

Sammitda mintaqa bilan Turkiya o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri quruqlik aloqasini o'rnatadigan Zangezur yo'lagining yakuniy bosqichi ko'zdan kechiriladi.

Ostonada 3-noyabr kuni bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidan qaytgan prezident aeroportda jurnalistlarga intervyu berib, shu oydagi rejalari haqida gapirgandi.

“Shu oyda Ar-Riyodda Islom hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Biz ushbu sammitda qatnashamiz. Keyingi haftada esa O‘zbekistonga tashrif buyuramiz. Bu juda masʼuliyatli, muhim tashriflar”, — degan edi Turkiya prezidenti.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar