Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Germaniyaga safar qiladi

Hakan Fidan Berlinda bo'lib o'tadigan Yevropa Ittifoqining kengayishiga bag’ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi.

2059486
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Germaniyaga safar qiladi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bugun Germaniyaga safar qiladi.

Hakan Fidan Berlinda bo'lib o'tadigan Yevropa Ittifoqining kengayishiga bag’ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etilgan.

“Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan 2023-yil 2-noyabrda Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligi mezbonligida bo'lib o'tadigan Yevropa Ittifoqini kengaytirish va isloh qilish boʻyicha tashqi ishlar vazirlari konferensiyasida ishtirok etish uchun Berlinga tashrif buyuradi. Yevropa Ittifoqiga a’zo va nomzod davlatlar taklif etilgan konferensiyada Yevropa Ittifoqining kengayish strategiyasi dinamikasi muhokama qilinadi. Shuningdek, Ittifoqqa a'zo hamda nomzod davlatlar hamkorligida ko’rib chiqiladigan mavzular haqida fikr almashiladi", deyiladi TIV bayonotida.

Bayonotda, shuningdek, vazir Hakan Fidanning konferentsiya oldidan Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Baerbock bilan ikki tomonlama uchrashuv o'tkazishi va konferentsiya doirasida ba'zi hamkasblari bilan uchrashuvlar o'tkazishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Turkiya

Aloqador xabarlar