Erdo‘g‘an turkiy davlatlarni G‘azoda tinchlik masalasini muhokama qilishga chaqirdi

Erdo‘g‘an 3 noyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilish zarurligini aytdi.

2058113
Erdo‘g‘an turkiy davlatlarni G‘azoda tinchlik masalasini muhokama qilishga chaqirdi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 3 noyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilish zarurligini aytdi.

Erdo‘g‘an Isroilni inson huquqlarini poymol qilishda ayblab, Quddusni xalqaro huquqiy me’yorlarga rioya qilishga majburlash, gumanitar sulhga erishish va mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga ta’sir o‘tkazish yo‘llarini muhokama qilishga chaqirdi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar