Turkiya G'azodagi "Turk-Falastin Do'stlik kasalxonasi"ga sodir etilgan hujumni qoraladi

G'azo sektorida saraton kasalligiga chalingan bemorlar davolanadigan yagona shifoxona bo'lmish "Turk-Falastin Do'stlik kasalxonasi" Falastindagi eng katta shifoxonalardan biri sifatida ajralib turadi.

2058052
Turkiya G'azodagi "Turk-Falastin Do'stlik kasalxonasi"ga sodir etilgan hujumni qoraladi

 

Turkiya G'azodagi "Turk-Falastin Do'stlik kasalxonasi"ga sodir etilgan hujumni keskin qoraladi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida qayd etildi.

"Isroilning G'azodagi "Turk-Falastin do'stlik kasalxonasi"ga sodir etgan hujumini keskin qoralaymiz. G‘azodagi yagona saraton kasalxonasi bo‘lgan ushbu muassasaning koordinatalari bilan birga barcha kerakli ma’lumotlar Isroil rasmiylari bilan oldindan o‘rtoqlashilgan bo‘lishiga qaramay, bunday hujumni hech qanday izohlab bo'lmaydi",- deyiladi bayonotda.

“G’azo xalqini barcha huquqlaridan mahrum etishni maqsad qilgan qamal va g’ayriinsoniy hujumlar xalqaro huquqni ochiqdan-ochiq oyoq osti qilish demakdir. Isroil hech qanday shartsiz G’azo aholisini ommaviy nishonga olishni bas qilishi kerak” deyiladi bayonotda.

G'azo sektorida saraton kasalligiga chalingan bemorlar davolanadigan yagona shifoxona bo'lmish "Turk-Falastin Do'stlik kasalxonasi" Falastindagi eng katta shifoxonalardan biri sifatida ajralib turadi.

Ushbu kasalxona Turkiya tomonidan qurilgan bo'lib, taxminan 34 ming 800 kvadrat metr maydonga ega. 3 qavatli va 180 o'rinli shifoxonaning qurilishi 2017 yilda yakunlangan.


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Turkiya

Aloqador xabarlar