Turkiya AQShning Isroil-Falastin mojarosiga nisbatan yondashuvini qoraladi

Qo‘shma Shtatlar quruqlikdagi operasiyani qo‘llab-quvvatlash uchun Isroilga harbiy maslahatchilar yubordi, bu noto‘g‘ri yondashuv.

2055591

Bu haqda Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi matbuot kotibi O‘mer Chelik ma’lum qildi.

"Muammoning yechimi siyosiy xususiyatga ega. Lekin, Qo‘shma Shtatlar samolyot tashuvchi kemasini jo‘natgan. Endi biz Isroilga G‘azoda tajribaga ega amerikalik harbiylarni quruqlikdagi operasiyani qo‘llab-quvvatlash uchun yuborish haqida gapiryapmiz. Bu pozisiya shuni ko‘rsatdiki, bu yondashuvga yo‘naltirilgan qaror emas, bu noto‘g‘ri yondashuv", - deya ta’kidladi Chelik.

Uning qayd etishicha, Turkiya hech qanday sharoitda ziddiyatni chuqurlashtirishga intilayotgan davlatlar tomonini tutmaydi.

"Biz siyosiy yechim amalga oshirilishi kerak, deb hisoblaymiz. Darhol sulh e’lon qilinishi kerak. Barcha tomonlar o‘zlari ushlab turgan tinch aholini, xususan, bolalar va ayollarni zudlik bilan ozod qilishlari kerak", - deya qo‘shimcha qildi u.

Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar