Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Eronga tashrif buyurdi

Hakan Fidan Tehronda o'tkazilgan Janubiy Kavkazda doimiy tinchlik va barqarorlikni o'rnatish uchun mintaqaviy hamkorlik platformasi yig'ilishida ishtirok etdi.

2054788
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Eronga tashrif buyurdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Eron poytaxti Tehronga tashrif buyurdi.

Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Hakan Fidan Tehronda o'tkazilgan Janubiy Kavkazda doimiy tinchlik va barqarorlikni o'rnatish uchun mintaqaviy hamkorlik platformasi yig'ilishida ishtirok etdi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotga ko'ra, tashqi ishlar vazirlari darajasida bo'lib o'tgan yig'ilishda Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya Federatsiyasi ishtirok etgan.

Eslatma: Janubiy Kavkazda doimiy tinchlik va barqarorlikni o'rnatish uchun Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tashabbusi bilan boshlangan 3+3 formatidagi mintaqaviy hamkorlik platformasining birinchi yig'ilishi 2021-yil 10-dekabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida bo‘lib o‘tgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar