Turkiya Falastin uchun kafil bo‘lishga tayyor

“Boshqa davlatlar ham Isroil uchun kafil bo‘lishi kerak. Ikkala tomon uchun ham tegishli kelishuvga erishilgach, kafil davlatlar uning talablarini bajarish uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishi lozim”, deydi Hakan Fidan.

2052238
Turkiya Falastin uchun kafil bo‘lishga tayyor

 

Turkiya Isroil bilan tinchlik kelishuviga erishishda Falastin uchun kafil davlat sifatida harakat qilishga tayyor.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ma’lum qildi.

“Boshqa davlatlar ham Isroil uchun kafil bo‘lishi kerak. Ikkala tomon uchun ham tegishli kelishuvga erishilgach, kafil davlatlar uning talablarini bajarish uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishi lozim”, deydi Hakan Fidan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "uzoq tinchlik" ga erishishning yagona yo‘li. Aks holda, agar kafolatlar bo‘lmasa, Isroil va mintaqa aholisi "hech qachon o‘zini xavfsiz his qila olmaydi" va buni ta’minlash uchun "boshqalarni ta’qib qilishda" davom etadi.

"Ushbu spiral uzluksiz ravishda o‘z-o‘zidan aylanadi", deb xulosa qilgan Turkiya TIV rahbari.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an G‘azodagi inqirozni hal qilishning yagona yo‘li Falastin mustaqilligini tan olish ekanini aytgandi.

Shuningdek, u Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa tashkilotlar Falastin xalqini yolg‘iz qoldirgani, va’dasining ustidan chiqmagani va falastinliklarning huquq himoya qilmaganini ta'kidlagandi.

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an AQSHni terrorchilarni o‘qitib, mintaqani qon ko‘liga aylantirishda ayblagandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar