Erdo'g’an Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Isroil-Falastin mojarosining hozirgi holati, mintaqada tinchlik o'rnatish uchun olib borilishi kerak bo'lgan siyosiy tashabbuslar va og'ir gumanitar inqirozni hal qilish uchun shoshilinch choralar muhokama qilindi.

2051600
Erdo'g’an Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, suhbat chog'ida Isroil-Falastin mojarosining hozirgi holati, mintaqada tinchlik o'rnatish uchun olib borilishi kerak bo'lgan siyosiy tashabbuslar va og'ir gumanitar inqirozni hal qilish uchun shoshilinch choralar muhokama qilindi.

Erdo'g’an, G’azodagi inson huquqlari poymollariga qarshi xalqaro hamjamiyat, ayniqsa G’arb davlatlari samarali chora ko’rishi kerakligini, inqirozni chuqurlashtiradigan provokatsion qadamlar o’rniga, yillar davomida Falastinga berilgan va’dalar buzilganini eslab, ularni amalga oshirish muhimligini bildirdi.

Eslatma: Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e'lon qildi.

Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.

Hozirda G‘azo sektorida 200 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tashlab ketdi. Har ikki tomonda ham yuzlab qurbonlar bor.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar