Erdo'g'an:"BMT Falastin xalqining huquqini himoya qilmadi"

Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 11 oktyabr kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlament)dagi chiqishi vaqtida so‘z ochdi.

2050007
Erdo'g'an:"BMT Falastin xalqining huquqini himoya qilmadi"

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa tashkilotlar Falastin xalqini yolg‘iz qoldirdi, va’dasining ustidan chiqmadi va falastinliklarning huquqini himoya qilmadi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 11 oktyabr kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlament)dagi chiqishi vaqtida so‘z ochdi. 

Prezident Erdo‘g‘an, so‘zlarni, tushunchalarni va dalillarni bukish, odamlarning tug‘ma asosiy huquq va erkinliklariga o‘ylamasdan hujum qilish, va’dalarini buzish orqali olib borilgan siyosatning foydali natija berishi kutilmasligiga diqqat qaratgan. 

“Mintaqadagi to‘qnashuvlar va insoniy fojialarning davom etishiga mintaqa ham, dunyo ham  toqat qila olmaydi. Bu muammo faqat u yerdagi mazlum va jabrdiydalarning muammosi emas. Ayni paytda bu masala butun dunyo, global boshqaruv va xavfsizlik tartibi hamda bu borada mas’uliyat va vakolatga ega bo‘lgan barcha institutlar uchun qadr-qimmat masalasidir. Falastin muammosining hal etilmay qolishi va va’dalarning hech birini bajarilmasligi sababchilaridan biri xalqaro hamjamiyatdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa tashkilotlar Falastin xalqini yolg‘iz qoldirdi, ularning va’dalarini bajarmadi, falastinliklarning huquq va qonunlarini himoya qila olmadi.  Biz buni bugun aytayotganimiz yo‘q, bu haqiqatlarni avval ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan turib butun dunyoga ochiq aytganmiz”, deydi Erdo‘g‘an. 

U so‘zida davom etib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 2019 yilda qilgan nutqi va 1947 yildan beri Falastin va Isroil yerlarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rsatuvchi xaritani ko‘rsatganini eslatdi. U o‘sha suratni parlamentdagi yig‘ilishga ham o‘zi bilan olib kelgan. U 1947 yildagi Falastin yerlari va uni yillar davomida Isroilning adolatsizlik bilan egallab olishiga e’tibor qaratib, shunday deydi:

“Shu paytgacha mintaqadagi adolatsizliklarga ko‘z yumib kelgan insoniyat oxirgi voqealar sinovidan yaxshi o‘tmadi”.

U, shuningdek, mintaqada osoyishtalik o‘rnatish o‘rniga olovni yoqib yuborayotgan nufuzli o‘yinchilarning provokatsion munosabatidan afsusda ekani aytgan. 

Biz Amerika, Yevropa va boshqa mintaqalardagi davlatlarni tomonlar o‘rtasida haqqoniy,  adolatli va insoniy muvozanatga asoslangan pozitsiyalarni egallashga chaqiramiz”, deydi Turkiya rahbari.

U Falastin xalqini butunlay jazolashni maqsad qilgan, insonparvarlik yordamlarini to‘xtatish kabi impulsiv qarorlardan hamma uzoq turishi kerakligini bildirdi. 

“Ularning qo‘llayotgan usullari va natijalari bo‘yicha ham tanqidga, ham qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan tarafga ko‘r-ko‘rona yon bosish inqirozni yanada chuqurlashtiradi. Shu sababdan biz Turkiya o‘laroq tomonlarni moderatsiyaga taklif qilamiz. Mintaqadagi urush tezroq to‘xtab, tomonlar o‘rtasidagi muammolar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishini istaymiz”, deydi Erdo‘g‘an.


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Falastin , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar