Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Turkmanistonga tashrif buyurdi

Hakan Fidan tashrif doirasida Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan ham uchrashdi.

2049786
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Turkmanistonga tashrif buyurdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Turkmanistonga tashrif buyurdi.

Poytaxt Ashxoboddagi "Xalq xotirasi yodgorlik majmuasi"ga gulchambar qo'ygan Hakan Fidan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi.

Hakan Fidan tashrif doirasida Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan ham uchrashdi. So'ngra ikki davlat delegatsiyalari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi.

Uchrashuv va muzokaralarda savdo, energetika, transport, pudratchilik xizmatlari, parlamentlararo hamkorlik, ta’lim, madaniyat va konsullik masalalari muhokama qilindi.

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning oktyabr oyi oxirida Turkiyaga tashrifiga tayyorgarlik masalasi ham ko'rib chiqildi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov 2024-2025-yillarni o'z ichiga olgan hamkorlik dasturini imzoladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Turkmaniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar