Turkiya va Iroq TIV rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tadi

Iroq Bosh vaziri chegara xavfsizligi muammosini hal qilish maqsadida tashqi ishlar vaziri Fuad Husaynga Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashishni topshirdi.

2047024
Turkiya va Iroq TIV rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tadi

 

Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy chegara xavfsizligi muammosini hal qilish uchun ikki tomonlama xavfsizlik komissiyasini boshqarish maqsadida tashqi ishlar vaziri Fuad Husaynga Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashishni topshirdi.

Iroq Bosh vazirining harbiy voizi general Yahyo Rasulning yozma bayonotiga ko'ra, Iroq Milliy xavfsizlik kengashi yig'ilishiga Bosh vazir Sudaniy raislik qilgan.

Mamlakatdagi xavfsizlik masalasi muhokama qilingan yig'ilishda, terrorizm va narkobiznesga qarshi kurash masalasi muhokama qilingan.

Shuningdek, Tehron va Bag’dod o’rtasida Eron rejimiga qarshi kuchlarning qurolsizlanishini o’z ichiga olgan xavfsizlik kelishuvi ham ko'rib chiqilgan.

Qayd etilishicha, ushbu kelishuv ikki davlat tomonidan amalga oshiriladi.

Iroq Bosh vazirining topshirig'iga binoan, yaqin kunlarda mamlakat tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashishi kutilmoqda. Vazirlar chegara xavfsizligi masalasini muhokama qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Turkiya , #Iroq

Aloqador xabarlar