Yashar Guler AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan muloqot qildi

Yashar Guler suhbat chog'ida Turkiya terror tashkiloti DEASHga qarshi AQSh bilan birgalikda kurashishga tayyor ekanligini bildirgan.

2047006
Yashar Guler AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan muloqot qildi

 

Turkiyaning Iroq va Suriya shimolidagi terror tashkiloti PKK/YPGga qarshi havo harbiy amaliyotlari davom etar ekan, Turkiya va Amerika rasmiylari o'rtasida ikki marta telefon orqali muloqot o'tkazildi.

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler Amerika Qo'shma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin bilan muloqot qildi.

Bu haqda Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, suhbat chog'ida Suriyadagi so'nggi o'zgarishlar muhokama qilingan.

Vazir Yashar Guler Turkiya terror tashkiloti DEASHga qarshi AQSh bilan birgalikda kurashishga tayyor ekanligini bildirgan.

Vazirlar mintaqada olib borilayotgan faoliyatlarda AQSh va Turkiya mulozimlarining yaqin koordinatsiyasi muhimligini ta'kidladi.

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin DEAShga qarshi kurashga urg'u berdi.

“Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun Turkiya bilan hamkorlik qilishga qat’iy ekanimni yana bir bor ta’kidladim",-deydi u.

Turkiya va Amerika Bosh shtab boshliqlari o’rtasida ham muloqot bo’lib o’tdi.

Turkiya harbiy bosh shtab rahbari general Metin Gurak AQSh harbiy bosh shtab rahbari general Charlz Braun bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog'ida xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Yashar Guler

Aloqador xabarlar