Erdo'g‘an:"Qorabog‘dagi saylov Ozarbayjonni ham, Armanistonni ham bezovta qildi"
Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

Qorabog‘dagi saylov nafaqat Ozarbayjonni, balki Armanistonni ham tashvishga solib qo‘ydi, deb bayonot berdi Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an.
Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.
"Hududda prezidentlik saylovi o‘tkazishga urinish sodir etilishi Baku va Yerevanni tashvishga solib qo‘ydi. Ozarbayjon jarayonni vaziyatni keskinlashtirish, deya baholadi. Ogohlantirish qilindi, ammo hech narsa o‘zgarmadi. Aksincha, jarayon davom ettirildi. Shundan keyin Ozarbayjon amaliy harakatga o‘tdi. Menga “Taxminan, 90 tagacha muhim nuqtaga zarba berildi”, deya xabar berishdi", deydi Turkiya prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “90 ta nuqta o‘qqa tutilishi bilan hamma ish bitdi”. Shundan keyin Ozarbayjon tomoni “barcha texnika, qurol-yaroq topshirilishini talab qildi va bu ish amalga oshirildi”.
Bundan tashqari Erdo'g‘an “Baku ayrim hududlar ozod etiladi, degan va’dani oldi va bu jarayon ham boshlandi”, deya qo‘shimcha qilgan.
Aloqador xabarlar

Prezident Erdo‘g‘an Vjosa Osmani - Sadriu bilan uchrashdi
Erdo‘g‘an Istanbulda Kosovo Prezidenti Vjosa Osmani - Sadriu bilan uchrashuv o‘tkazdi.