Guler: Turkiya har doimgidek bugun ham Ozarbayjonning yonida

Zakir Hasanov bilan Yashar Guler telefon orqali muloqot qildi.

2039453
Guler: Turkiya har doimgidek bugun ham Ozarbayjonning yonida

Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zakir Hasanov Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Hasanov, Ozarbayjon armiyasining Qorabog‘da olib borgan mahalliy antiterror choralari haqida Gulerga ma’lumot berdi.

Guler, Turkiya har doimgidek bugun ham Ozarbayjonning yonida ekanini bildirdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi, Qorabog‘da konstitutsiyaviy tuzilmani qayta tiklash va Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalarini qurolsizlantirish va ularni Ozarbayjon hududidan chiqarish maqsadida mahalliy antiterror choralari boshlatilganini ma’lum qilgandi.



Aloqador xabarlar