Erdo'g'an Nyu-Yorkda Turkiya-Iroq taraqqiyot yo’li loyihasi haqida gapirdi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida savollarga javob berdi.

2039082
Erdo'g'an Nyu-Yorkda Turkiya-Iroq taraqqiyot yo’li loyihasi haqida gapirdi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida savollarga javob berdi.

Erdo’g'an Turkiya-Iroq taraqqiyot yo'li loyihasi haqida gapirar ekan, "Bunday qadam bilan biz yangi dunyo qurish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Ko'rfaz mamlakatlari juda qat'iy ekanini ko'rdik. Biz ham qat'iymiz",-dedi.

Erdo‘g‘an, “Siz NATO a’zosi, hamda AQShning strategik hamkori sifatida milliy manfaatlar va kengroq geosiyosiy ziddiyatlar oldida qanday harakat qilasiz?”, degan savolga javob berdi.

Savolga javob berar ekan, Turkiyaning harbiy qudrati, hamda ko’rsatayotgan moliyaviy yordamlari bilan Ittifoqdagi eng yaxshi 5 davlatdan biri ekanligiga diqqat qaratgan Erdo’g’an, “Biz koʻrsatayotgan harbiy kuch va moliyaviy koʻmak bilan NATO doirasida shunday mavqega egamiz. Biz bundan hech qachon voz kechmadik. NATO doirasidagi bu kuchimiz NATOga a'zo davlatlar orasida ham qadrlanadi. Hozircha biz NATO doirasida o'z zimmamizga olgan vazifalarimizni qat'iy bajarayotgan davlatmiz va kelajakda ham xuddi shunday burchni bajarishda davom etamiz, chunki NATOga a'zo davlatlar sifatida barchamiz umumiy manfaatlarga egamiz”,-dedi.

Erdo’g’an shuningdek, Fors ko’rfazini Turkiya orqali Yevropaga ulashi rejalashtirilayotgan Turkiya-Iroq taraqqiyot yo’li loyihasiga ham e’tibor qaratdi.

“Birinchidan, bu Fors koʻrfazi va Koʻrfaz mamlakatlari orqali Iroqdan oʻtib, Turkiya orqali Yevropaga chiqadigan yoʻlakdir. Fors ko‘rfazi mamlakatlari bu masalada, ayniqsa, temir yo‘l tizimi, avtomobil yo‘llari, bu yo‘lakning infratuzilmasi va ustki tuzilishi borasida juda qat’iy. Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Saudiya Arabistoni, Iroq bo'lsin, barchasi bu masalada qat'iyatli. Eng muhimi, biz qat'iymiz. Men bu qat'iyatni Amerikada ko'rdim, Germaniyada, Yaponiyada ham ko'rdim. Shunday ekan, bu qadamni tashlasak, yangi dunyo qurish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”,-deydi Turkiya prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar