Mehmet Fatih Kajir Janubiy Koreya kompaniyalari yetakchilari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Janubiy Koreya kompaniyalarining Turkiyadagi sarmoya imkoniyatlari ko'zdan kechirildi.

2036111
Mehmet Fatih Kajir Janubiy Koreya kompaniyalari yetakchilari bilan uchrashdi

 

Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir Janubiy Koreya poytaxti Seulda bo'lib o'tgan 24-Jahon texnologiya forumida ishtirok etdi.

U forum doirasida Janubiy Koreyadagi Hyundai, LG Electronics va Samsung kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Janubiy Koreya kompaniyalarining Turkiyadagi sarmoya imkoniyatlari ko'zdan kechirildi.
Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir Turkiyaning kuchli sanoat infratuzilmasi, eksport salohiyati va malakali inson resurslari bilan yangi va innovatsion texnologiya sarmoyalari uchun to'g'ri manzil ekanligini ta'kidladi.

"Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik global brendlarning Turkiyaga sarmoya qiziqishini oshirmoqda. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va eksportimizni oshirish uchun xalqaro sarmoyalarni mamlakatimizga yanada kuchliroq jalb qilishni maqsad qilganmiz",-deydi Mehmet Fatih Kajir.


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya , #Turkiya

Aloqador xabarlar