Turkiya parlamenti yangi konstitutsiya loyihasini muhokama qiladi

Bu haqda mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an huquq idoralari vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

2035632
Turkiya parlamenti yangi konstitutsiya loyihasini muhokama qiladi

 

Turkiya parlamentining asosiy vazifalaridan biri 1980 yildagi harbiy to‘ntarishdan keyin qabul qilingan amaldagi konstitutsiyani yangisiga almashtirish bo‘ladi.

Bu haqda mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an huquq idoralari vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

“Anadolu” agentligi yozishicha, mazkur tashabbus parlamentning kuzdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.

“Biz 2011 yildan beri “to‘ntarish konstitutsiyasi”dan voz kechishni rejalab kelamiz. Yangi Asosiy qonun 85 millionlik fuqarolarimizning huquqi va erkinligi himoyasiga qaratiladi. Kuzgi sessiya boshlanishi bilan yangi konstitutsiyaga oid tashabbusni ko‘rib chiqish uchun parlamentga kiritamiz. Siyosiy partiyalar, sudlar, universitetlar, davlat idoralari va barcha fuqarolarni jarayonga munosib hissa qo‘shishga chaqiraman”, degan Erdo'g'an.

Prezident avval ham ikki marta konstitutsiyaga tuzatish kiritish masalasini xalq muhokamasiga olib chiqqan.

2017 yil referendum orqali respublikadagi parlament tizimi prezidentlik tizimiga o‘zgartirilgan.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar