Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashish uchun Sochiga jo'nab ketdi

"Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Putin bilan muzokaralar uchun uchib ketdi. Samolyot 10:50 da havoga ko‘tarildi", deyiladi mahalliy OAV xabarida.

2032901
Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashish uchun Sochiga jo'nab ketdi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Istanbuldan Sochiga uchib ketdi.

"Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Putin bilan muzokaralar uchun uchib ketdi. Samolyot 10:50 da havoga ko‘tarildi", deyiladi mahalliy OAV xabarida.

Bugun, 4 sentyabr kuni tushda Putin va Erdo‘g‘an Sochida uchrashadi. Bu ularning deyarli bir yillik tanaffusdan keyingi ilk yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi. Prezidentlar Qora dengizdagi don bitimi atrofidagi vaziyat, Moskva va Kiyev o‘rtasida mahbuslar almashinuvi masalasi, Rossiya gazini Turkiya hududi orqali Yevropaga tashish loyihasini, shuningdek, Suriya va Ukrainadagi urushni muhokama qilishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Sochi , #Putin , #Erdo'g'an , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar