AQSh g'alla tashabbusini yangilashdagi xizmatlari uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi

“NATOdagi ittifoqdoshimiz Turkiyaga Qora dengiz don yo'lagi kelishuvi doirasidagi diplomatik va operativ sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildiramiz”,-deya ta'kidlagan AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi.

2031679
AQSh g'alla tashabbusini yangilashdagi xizmatlari uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamenti Qora dengiz don yo'lagi kelishuvi doirasidagi muhim diplomatik sa'y-harakatlari uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning kecha Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgani haqida yozma bayonot berib, g'alla tashabbusini yangilashning ahamiyatiga e'tibor qaratdi.

Rossiyaning g'alla tashabbusini to'xtatish qarori oziq-ovqat xavfsizligi bilan kurashayotgan jamiyatlarga zarar yetkazishini ta'kidlagan AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi, Turkiya va boshqa davlatlarning Rossiyani kelishuvga qaytarish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishlaymiz” dedi. 

U shuningdek, g'alla tashabbusini qayta tiklash uchun katta sa'y-harakatlar olib borayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Turkiya bilan yaqindan aloqada ekanligini aytdi.

“NATOdagi ittifoqdoshimiz Turkiyaga Qora dengiz don yo'lagi kelishuvi doirasidagi diplomatik va operativ sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildiramiz”,-deya ta'kidlagan AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Turkiyaning davom etayotgan konstruktiv rolini ham olqishlaganligini qo'shimcha qildi.

Ma'lumki, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri SergeyLavrov bilan uchrashdi.

Hakan Fidan uchrashuv yakunlari bo'yicha o'tkazilgan matbuot anjumanida, "BMT Turkiyaning hissasi bilan yangi takliflar paketini tayyorladi. Oʻylaymizki, bu tashabbusni jonlantirish uchun munosib asos yaratadi",-degandi.

Faoliyatlar davom etishini qayd etgan Hakan Fidan, “Ushbu kelishuv dunyo oziq-ovqat xavfsizligi, hamda Qora dengiz mintaqasi barqarorligi va tinchligi uchun nihoyatda muhim”,dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar