Erdo‘g‘an ShKTRdagi BMT Tinchlikparvar kuchi xatti - harakatini baholadi

Prezident Erdo‘g‘an kecha poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa xitob etdi.

2027596
Erdo‘g‘an ShKTRdagi BMT Tinchlikparvar kuchi xatti - harakatini baholadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Tinchlikparvar kuchlarining Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) mustaqilligi ostidagi hududlarga jismoniy aralashuvi, Turkiya jihatidan qabul qilinishi imkonsiz holat ekanini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an kecha poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa xitob etdi.

BMT Tinchlikparvar kuchlarining, insonparvarlik ehtiyojlarining yechimiga hissa qo‘shuvchi Pile yo‘li loyihasiga to‘sqinlik qilish tashabbusi haqida Prezident Erdo‘g‘an:

“O‘tgan juma kuni BMT Tinchlikparvar kuchlari askarlarining ShKTR mustaqilligi ostidagi hududlarga jismoniy aralashuvi, Turkiya jihatidan qabul qilinishi imkonsiz holatdir”. - dedi.

Pile qishlog‘ida yashovchi kiprlik turklarning o‘z vatan tuproqlariga o‘tishlariga to‘sqinlik qilishning qonuniy va insoniy emasligiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an:

“Tinchlikparvar kuchi ham qishloq aholisiga nisbatan jismoniy aralashuvi, ham da aralashuvdan keyin bergan bayonotlari bilan oʻzining xolisligiga soya tushirib, allaqachon yaralangan obroʻsiga putur yetkazdi. Xalqaro huquqqa to‘g‘ri kelmaydigan bu munosabat tufayli mintaqadagi taranglik afsuski yana kuchaydi. Biz qo‘shnilarimiz bilan munosabatlarimizni o‘zaro mustahkamlashga va oramizdagi muammolarni bartaraf etishga harakat qilayotgan bir paytda, albatta, bu aralashuvda yaxshi niyat bor deyolmaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident, BMT Tinchlikparvar kuchlaridan kutilayotgan narsa, barqarorlikni buzuvchi xatti-harakatlar oʻrniga oʻz nomiga munosib tarzda muomala qilib, oroldagi barcha tomonlarning insonparvarlik ehtiyojlarini hal qilishga hissa qoʻshish ekanini taʼkidladi.

 



Aloqador xabarlar