Erdo‘g‘an Nigerda demokratik saylovlar o‘tkazilishi tarafdori

"Nigerga harbiy aralashuv haqidagi qaror qabul qilinishi mumkin emas. Bu Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida beqarorlikka olib keladi. Umid qilamanki, Nigerda tinchlik va barqarorlik tezroq o‘rnatiladi", degan Erdo‘g‘an.

2027744
Erdo‘g‘an Nigerda demokratik saylovlar o‘tkazilishi tarafdori

 

G‘arbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Hamjamiyatining (ECOWAS) Nigerga harbiy aralashuvi qit’aning ko‘plab davlatlarida beqarorlikka olib keladi, bu qabul qilinishi mumkin emas.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Budapeshtdan qaytgach, jurnalistlarga bergan brifingda ma’lum qildi.

"Nigerga harbiy aralashuv haqidagi qaror qabul qilinishi mumkin emas. Bu Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida beqarorlikka olib keladi. Umid qilamanki, Nigerda tinchlik va barqarorlik tezroq o‘rnatiladi", degan Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Nigerdagi mojaroni hal qilishda muhim rol o‘ynashi mumkin, bu maqsadda TIV orqali muzokaralar olib borilmoqda. 

Erdo‘g‘an Nigerda yaqin kelajakda demokratik saylovlar o‘tkazilishi tarafdori ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 avgust kuni ECOWAS Tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha komissari Abdel Fatau Musah Gana poytaxtida hamjamiyat davlatlari qurolli kuchlari bosh shtablari boshliqlarining yig‘ilishidan so‘ng, harbiy aralashuv boshlanishining aniq sanasi belgilnganini e'lon qilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Niger , #Turkiya

Aloqador xabarlar