Turkiya prezidenti Erdo’g’an Vengriyaga tashrifini yakunladi

"Ikki tomonlama munosabatlarimizning barcha jabhalari ko‘rib chiqilgan va munosabatlarimizni rivojlantirish yo’lida tashlanadigan qadamlar muhokama qilingan tashrifimiz foydali bo‘lishiga umid qilaman”,-deydi Rajap Tayyip Erdo’g’an.

2027031
Turkiya prezidenti Erdo’g’an Vengriyaga tashrifini yakunladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o’tkazdi.

Vengriya poytaxti Budapeshtdagi Karmelita monastirida bo'lib o'tgan uchrashuvda Turkiya-Vengriya munosabatlari bilan bir qatorda Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga to'liq a'zolik jarayoni, mintaqaviy va global o'zgarishlar muhokama qilindi.

 

Erdo’g’an tashrif doirasida Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashdi. Uchrashuvda Turkiya-Serbiya munosabatlari va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Serbiyani Bolqon mintaqasida tinchlik va barqarorlik nuqtai nazaridan muhim davlat sifatida ko'rishini ifoda etgan Prezident Erdo'g'an, Turkiya-Serbiya munosabatlari o’z tarixining eng yuqori cho'qqisiga chiqqanini aytdi.

Ikki tomonlama uchrashuvlar ortidan yetakchilar yetakchilar jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha final bahsini tomosha qildilar. Erdo‘g‘an stadionda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Sani bilan suhbatlashdi.

Erdo’g’an shuningdek, Budapeshtda Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan ham uchrashdi.

Prezident Erdo’g’an suhbat avvalida mamlakat rahbarini Vengriyaning tashkil topgan kuni munosabati bilan tabrikladi. Uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi aloqalar, mintaqaviy va global mavzular muhokama qilindi.

Erdo'g'an Bosniya va Gersegovina Prezidentlik kengashi a'zosi Zeljka Sviyanovich va Serbiya Respublikasi rahbari Milorad Dodikni qabul qildi.

Uchrashuvda Turkiya va Bosniya va Gersegovina o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek mavjud hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar muhokama qilindi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ikki tomonlama uchrashuvlar ortidan Budapeshtga tashrifini yakunlab, Turkiyaga qaytdi.

Ayni vaqtda Erdo'g'an o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Vengriyaga tashrifi haqida ma’lumot berdi.

"Biz strategik hamkorimiz va NATO ittifoqchisi Vengriyaning tashkil topgan kuni hamda yengil atletika boʻyicha jahon chempionati tadbirlari munosabati bilan Budapeshtda boʻldik. Tashrifimiz chogʻida Vengriya Prezidenti va Bosh vaziri hamda u yerga taklif qilingan bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashdik”,-deydi Turkiya prezidenti.

Erdo’g'an Vengriya bilan chuqur va mustahkam do'stlik rishtalariga asoslangan keng qamrovli aloqalarga ega ekanini ta'kidladi.

"Munosabatlarimizning barcha jabhalarida sezilarli yutuqlarga erishmoqdamiz. Oʻzaro tovar ayirboshlash koʻlamimiz rekord darajaga yetdi va 2022-yilda 3,5 milliard dollar darajasiga yetdi. Biz oʻzaro savdo hajmini qisqa vaqt ichida 6 milliard dollarga yetkazamiz, degam umiddamiz. Ikki tomonlama munosabatlarimizning barcha jabhalari ko‘rib chiqilgan va munosabatlarimizni rivojlantirish yo’lida tashlanadigan qadamlar muhokama qilingan tashrifimiz foydali bo‘lishiga umid qilaman”,-deydi Rajap Tayyip Erdo’g’an.


Tanlangan kalimalar: #Vengriya , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar