Bosniya va Gersegovina mudofaa vaziri Turkiya elchisini qabul qildi

Vazir Zukan Helez Turkiya bilan Bosniya va Gersegovina o'rtasidagi aloqalar havas qiladigan darajada ekanligini aytdi.

2025402
Bosniya va Gersegovina mudofaa vaziri Turkiya elchisini qabul qildi

 

Bosniya va Gersegovina Mudofaa vaziri Zukan Helez Turkiya elchisi Sadik Babur Girginni qabul qildi.

Vazir Zukan Helez Turkiya bilan Bosniya va Gersegovina o'rtasidagi aloqalar havas qiladigan darajada ekanligini aytdi.

Bosniya va Gersegovina Mudofaa vazirligidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Helez Turkiyaning Sarayevo elchisi Sadik Babur Girgin bilan uchrashdi.

Helez o'tgan oy Xalqaro mudofaa sanoati ko'rgazmasi (IDEF'23) uchun Turkiyada bo'lganini va mamlakatdan mamnun holda ketganini bildirdi.

Bosniya va Gersegovina-Turkiya munosabatlarining havas qilarli darajada ekanini tilga olgan vazir Helez, NATO a'zoligi yo'lida Turkiyaning mamlakatga yordam berishining ahamiyatiga diqqat qaratdi.

Turkiya elchisi ham o'z navbatida Helezning Turkiyaning ilg'or mudofaa sanoatini ko'rish imkoniga ega bo'lganidan mamnunligini bildirdi va Bosniya va Gertsegovinaga har sohada, jumladan, harbiy-moliyaviy loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bosniya va Gersegovina

Aloqador xabarlar